“Yosh vatandoshlar forumi” doirasida yoshlar uchun yana bir muhim va qiziqarli yo‘nalish - Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. O‘yin bilim va tafakkur maydoniga aylanishi bilan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
💥 Mazkur intellektual bellashuv “Zakovat” intellektual o‘yini prezidenti Abdurasul Abdullayev boshchiligida o‘tkazilib, savol-javoblar, mantiqiy topshiriqlar va tezkor fikrlashni talab qiluvchi bosqichlar bilan boyitildi.
✍️ Yoshlar o‘z bilim salohiyatini sinovdan o‘tkazib, jamoaviy hamkorlik va fikr almashish muhitida faol ishtirok etdilar.
🤔 Ushbu o‘yin nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki yoshlarning tafakkurini kengaytirish, ularni izlanishga undash hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
26.04.2026
39