“Vatandoshlar” jamoat fondi pul mablag‘ini kimdan oladi?
Fond mablag‘larini shakllantirish manbalari etib:
- Davlat subsidiyasi va davlat ijtimoiy buyurtmalaridan kelib tushadigan mablag‘lar;
- Muassislar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
- Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
- Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
- Fond mablag‘larini tijorat banklarida depozitga qo‘yishdan olinadigan daromadlar;
- Fondning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda);
- Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilangan.