Joriy yilning 29 – 31-mart kunlari “Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Do‘stlik forumi” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjondan tashrif buyurgan vatandoshlarimiz ham faol ishtirok etmoqda.
📍 Forumning ilk tadbiri “Do‘stlik stelasi” poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.
📌 Mazkur forum mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
30.03.2026
91