“ANOR” loyihasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan navbatdagi onlayn suhbatlar 2026-yil 9–10–11–iyun kunlari Zoom platformasi orqali tashkil etiladi.
Suhbatlar Toshkent vaqti bilan quyidagi soatlarda o‘tkaziladi:
• 09:30 – 12:30
• 14:30 – 17:00
E’lon qilingan ro‘yxatga kiritilgan ishtirokchilar belgilangan sana va vaqtda Zoom platformasiga kirishlari hamda suhbatga tayyor holda bo'lishlari so‘raladi. Suhbatlar jadval asosida ketma-ket tashkil etiladi.
📩 Har bir ishtirokchiga suhbat guruhi, Zoom havolasi va qo‘shimcha ma’lumotlar Telegram, WhatsApp yoki elektron pochta manzili orqali yuboriladi. Shu sababli aloqa vositalaringizni muntazam tekshirib borishingizni so'raymiz.
⚠️ Muhim!
Suhbat jarayonida loyiha haqida savollar berilishi mumkin. Shu bois, suhbatga qadar loyiha to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqishingiz so‘raladi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
08.06.2026
587