O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan Kuala-Lumpur shahrida buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlandi.
Ushbu sana munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston elchixonasi vakillari, ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchi va talabalar, shuningdek, Malayziyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Alisher Navoiyning boy adabiy va falsafiy merosi, uning jahon adabiyoti va davlatchilik tarixidagi beqiyos o‘rni, shuningdek, yosh avlod ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan Navoiy asarlari hamda bir qator badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
09.02.2026
13