Menyu

Yosh Vatandoshlar Forumi: Islom Sivilizatsiyasi Markazi — Milliy Meros va Ma'naviy Ildizlar Sari Birinchi Qadam

“Yosh vatandoshlar forumi”ga tantanali tarzda start berildi. Mazkur forum doirasida turli hududlardan tashrif buyurgan yosh vatandoshlar uchun mazmunli va esda qolarli dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning ilk manzili Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ldi.

✨ Ishtirokchilar ushbu maskanda ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishib, qadimiy qo‘lyozmalar, noyob eksponatlar hamda zamonaviy yondashuvlar asosida yaratilgan ko‘rgazmalarni katta qiziqish bilan kuzatdilar. Tashrif davomida ularga buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

🤔Forumning ilk kunidayoq bunday mazmunli tashrif yoshlar qalbida milliy iftixor tuyg‘usini kuchaytirib, ularni o‘z ildizlarini chuqurroq anglashga undadi. Shubhasiz, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh vatandoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularni yurt taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.