“Yosh vatandoshlar forumi” doirasida ma’naviyatga boy "Aqchako‘l ilhomlar" mushoirasi tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari Muhammad Yusufning Ellik qal’adagi byusti poyiga gul qo‘yib, ulug‘ shoir xotirasini yod etdilar.
Ushbu samimiy ehtirom ramzi sifatida ular shoir ijodidan namunalar o‘qib, she’rxonlik qildilar.
Mazkur jarayon yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va adabiyotga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
26.04.2026
35