"Vatandoshlar" jamoat fondi, Latviyadagi O'zbekiston elchixonasi hamda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida xorijdagi yoshlar uchun tashkil etilgan "UzHack" loyihasiga start berildi.
Ilk bor tashkil etilgan ushbu loyihada Latviya, Litva va Estoniyada ta'lim olayotgan vatandoshlarimiz faol ishtirok etishmoqda. 48 soat davom etadigan ushbu hackathon doirasida ishtirokchilar ekspertlar tomonidan taqdim etilgan vazifalar ustida ishlaydi. Yoshlar o'z bilim va tajribalarini birlashtirib, innovatsion g'oyalar hamda amaliy loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
📌 Loyiha davomida ishtirokchilar kreativ fikrlash, jamoaviy ishlash va real muammolarga innovatsion yechim topish bo'yicha o'z salohiyatlarini namoyon etadilar.
28.03.2026
51