“Vatandoshlar” jamoat fondi nomidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud ayyomi munosabati bilan xalqimizni samimiy tabriklaymiz.
Muhammad Yusuf nomi - Vatanga muhabbat, xalq dardi va milliy g‘ururning timsolidir. Uning qalblarni junbushga keltiradigan she’rlari bugungi yoshlar tarbiyasida muhim ma’naviy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ulug‘ shoirning yorqin xotirasi hamisha qalblarimizda barhayot. Uning boy ijodiy merosi xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida yana uzoq yillar xizmat qilishiga ishonamiz.
26.04.2026
37