Menyu

Tojikiston Respublikasining Boxtar tumanida “Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Ato Muhammadjonov nomidagi viloyat musiqali komediya teatrida bo‘lib o‘tgan adabiy kechada 200 nafar vatandoshlar, ziyolilar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, milliy qadriyatlar va adabiy merosimizga hurmat tuyg‘usi bilan o‘tdi.

O‘zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari ishtirokida Hazrat Navoiyning bebaho merosi asosida yaratilgan kuy va qo‘shiqlar yangradi, shoirning g‘azallari ijro etildi. Sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Tadbir davomida Alisher Navoiyning boy adabiy-ma’naviy merosi, uning turkiy til va adabiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, bugungi avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Bunday uchrashuv va adabiy kechalar vatandoshlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash va ajdodlar merosini yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.