Menyu

Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida "O'zbek madaniyati kunlari" doirasida bahor va yangilanish bayrami o'tkazildi.

Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida "O'zbek madaniyati kunlari" doirasida bahor va yangilanish bayrami o'tkazildi. Tadbir turli millat vakillarini birlashtirib, Navro'zning do'stlik va hamjihatlik ruhini namoyon etdi.
Mehmonlar uchun o'zbekona dasturxon yozilib, palov va sumalak tortildi. Shuningdek, milliy ichimligimiz — ayron tayyorlash bo'yicha mahorat darsi ham katta qiziqish uyg'otdi.
Bayram yakunida ishtirokchilar iliq taassurotlar va ko'tarinki kayfiyat bilan tarqalishdi. 🌿✨