Menyu

Oila va xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston: xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi o'rni" mavzusida onlayn davra suhbati bo'lib o'tdi.

Kecha "Vatandoshlar" jamoat fondi hamda Oila va xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston: xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi o'rni" mavzusida onlayn davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda mas'ullar, xorijiy mamlakatlardagi vatandosh xotin-qizlar jamoat birlashmalarining rahbar va faollari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yurtimizda xotin-qizlar masalalari yuzasidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar xususida so'z borib, ishtirokchilar mas'ullardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Shuningdek, uchrashuvda tajribali psixolog tomonidan amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.