Menyu

Niderlandiyaning Eyndhoven shahrida Navro‘z bayrami nishonlandi.

Niderlandiyaning Eyndhoven shahrida Navro'z bayrami tantanali nishonlandi. Tadbir vatandoshlar va mahalliy aholini birlashtirib, do'stlik va hamjihatlik muhitida o'tdi.
Dastur davomida milliy chiqishlar namoyish etilib, mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashildi. Yakunda ishtirokchilar o'zbekona dasturxondan bahramand bo'lishdi.