Menyu

Memorandum qog‘ozda qolmay, sahnada o‘zini ko‘rsatmoqda

Memorandum qog‘ozda qolmay, sahnada o‘zini ko‘rsatmoqda
Memorandum qog‘ozda qolmay, sahnada o‘zini ko‘rsatmoqda

2025-yil oktabr oyida "Vatandoshlar" jamoat fondi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Sahnalar do‘stligi" loyihasi doirasida qo‘shni davlatlar bo‘ylab ijodiy safarlar uyushtirilgan edi.

Mazkur loyiha doirasida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri hamda Qirg‘iziston Respublikasining Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatri o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi o‘z samarasini bermoqda.

Bugun bu kelishuv aniq ijodiy natijaga aylanib, Muqimiy teatri bosh rejissyori Doston Haqberdiyev “Nodirai Davron” asarini sahnalashtirish ustida ish olib bormoqda.

Yangi spektakl - o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy hamkorlik va ijodiy birdamlikning yorqin timsoli bo’ladi.

🎭 Tez orada “Nodirai Davron” tomoshabinlar hukmiga havola etiladi.