Germaniyaning Leverkuzen va Gannover shaharlarida vatandoshlarimiz ishtirokida Navro'z bayrami ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
Bayramlarda 400 nafarga yaqin vatandoshlarimiz va talaba yoshlar ishtirok etib, milliy o'yinlar, sahnaviy chiqishlar, an'anaviy urf-odatlar, milliy qo'shiq va raqslar namoyish etildi. Shuningdek, sumalak va boshqa milliy taomlar tortiq qilinib, ishtirokchilarga yurt muhitini yanada yaqin his etish imkoniyati yaratildi.
Mazkur tadbirlar xorijda yashayotgan vatandoshlar o'rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.
01.04.2026
231