Ashxobod shahrida buyuk mutafakkir va shoirlar – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida Navoiy va Boburning boy adabiy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi va turkiy adabiyot rivojida tutgan o‘rni haqida ma’ruzalar qilindi. Tadbir ishtirokchilari ulug‘ allomalar merosini asrab-avaylash va yosh avlod orasida keng targ‘ib etish muhimligini alohida ta’kidladilar.
09.02.2026
4