Menyu

14 mart kuni soat 11:00 da O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zalida "Vatandoshlar" jamoat fondi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida muhim ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tadi.

Tadbir doirasida "Vatandoshlar" jamoat fondi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida chop etilgan "Tojikiston o'zbek adabiyoti antologiyasi", "Qozog'iston o'zbeklarining nomoddiy madaniy merosi", "Yorkitob", "Yaxshi bola qanday bo'ladi?" kabi kitoblar taqdimoti hamda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o'tkazilgan "Ijodiy ishlar tanlovi" g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Barcha adabiyot ixlosmandlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu tadbirga taklif etamiz.