Menyu


O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i


Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.