“ANOR” loyihasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan onlayn suhbatlar 28-maydan 4-iyunga qadar tashkil etiladi.
🗓 Suhbat kunlari:
28-may
29-may
30-may
1-iyun
2-iyun
3-iyun
4-iyun
💻 Suhbatlar Zoom platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkaziladi hamda har bir ishtirokchi bilan o‘rtacha 5–7 daqiqa davomida suhbat olib boriladi
Suhbat vaqti, guruh raqami va Zoom havolasi suhbat sanasidan oldin ishtirokchilarga yuboriladi. Ma'lumotlar ro'yxatdan o'tish chog'ida ko'rsatilgan telefon raqamiga ulangan Telegram yoki WhatsApp hisobiga yoki elektron pochta manziliga jo'natiladi. Ishtirokchilardan o'z telefon raqamlari va elektron pochtalarini muntazam tekshirib turishlari so'raladi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!