"Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligimizning 35 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida "Smart kitob" – maxsus infografikalar to'plami tayyorlandi.
To'plamda ma'ruzada ilgari surilgan g'oya va tashabbuslar, mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko'rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo'nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali ko'rgazmali yoritib berilgan.
"Smart kitob"dan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma'rifiy tadbirlarda ko'rgazmali material sifatida foydalanish mumkin.
To'plamni quyidagi tugma orqali yuklab olishingiz mumkin.
25.09.2026
166